Новое здание Администрации Президента КР представляет собой здание высотой 71 метр, расположенное на площади 35 гектаров и состоящее из 11 залов и 246 кабинетов.
Xonabod masjidi
Ağustos 2024
4
Masjid xalqaro A373 yo'lining yonida joylashgan va bu vaqtni tejashga hamda masjid ko'rinib turgani bois uni tez topishga yordam beradi.
Andican Tümen Hakimiyeti
Temmuz 2024
3
Andijon tumani hokimligi ikkita kirish qismidan iborat. Binoning chap tomon kirish qismi Andijon tumani hokimligi rahbariyati tomon bo'lsa, o'ng tomoni Andijon tumani hokimligi bo'limlariga olib kiradi.
Afsonalar vodiysi
Temmuz 2024
4
Bog' shaharning juda yaxshi qismida pastlikda joylashgan, mayin shamol esib turadi, daraxtlar ko'p. Avtomobillar uchun to'xtash joyi ham daraxtlar orasida joylashgan, narxi 5000 so'm. Bog'dagi attraksionlardan foydalanmoqchi bo'lganlar kassadan maxsus kartani sotib olishlari va pul solib ishlatishlari mumkin.
Havas
Haziran 2024
4
Supermarket ichida harakatlanish oson, ko'p talab etiladigan mahsulotlarni ham nisbatan arzon narxda topish mumkin. Salbiy tomoni ba'zida kassaning faqat bittasi ishlaydi va ko'p navbatga sabab bo'ladi.
Sabithan Hacı Cuma Camii
Haziran 2024
4
Mahallani ichida joylashgan, atrofida avtomobil qo'yish joylari yo'q. Tahorat qilish va namoz o'qish uchun yetarli sharoitlar bor.
Sehat Clinic
Haziran 2024
3
Aholi koʻp murojaat qiladigan shifokorlar soni kamligi bois juda ham katta navbat yuzaga keladi. Siz shifokorga koʻrinmoqchi boʻlsangiz koʻproq vaqtingiz ketishi mumkin. Qabulxonadagi barcha xodimlarni muomalasini yaxshi deb boʻlmaydi. Ammo Sehat klinikasi yangi, qulay va zamonaviy.
Taşkent Tren Garı
Haziran 2024
5
Vokzal deyarli barcha sharoitlarga ega, yoʻlovchilar uchun oʻrindiqlar 1- va 2-etajda mavjud, yuk saqlash joyi yer osti yoʻlida joylashgan. Savdo doʻkonlari, cafeʼlar va boshqa shahobchalar bor.
Andijon vokzali
Mayıs 2024
3
Vokzalga faqat 1 tomondan kirsa bo'ladi, kirishning qarama-qarshi tomoni ko'prik qurilishi sabab buzib tashlangan. Vokzalda ko'p hollarda yo'lovchilar ko'pligi sabab o'rindiqlar yetishmaydi. Do'kon mavjud ammo tashqariga qaraganda narxlari qimmat. Cafe'lar mavjud emas. Deyarli doimo yuklarni tekshirish postining faqat 1 tomoni ishlatiladi.
Nevze Camii
Mayıs 2024
4
Ibodat qilish uchun barcha sharoitlar bor, tahoratxonasi zamonaviy va qulay.