Uchtepa tarafda bo‘lsangiz, yaxshi joyda joylashgan. Oldida bozorcha, oshxona va do‘konlar bor. Asrdan keyin non sotuvchilar non sotadi, narxi ham ancha arzon.
Buka Fit Minor
Aralık 2024 •
4
Sharoitga nisbatan narxi juda zo‘r. Basseyn, sauna, hammom, triiks, basketbol kolso, kuler va boshqa zarur barcha trenajorlar bor. 400-600 ming narxiga 2 martalab arziydigan zal.
Faqat xodimlarda ozgina mas’uliyat yetishmaydi. Basketbol koptogi teshilsa, haftalab yangisi kelmayapti, zalda odam tiqilib ketgan, yana odam qabul qilishyapti, orada suvlar bilan bog‘liq muammolar ham bo‘lib turadi.
Keyin networking uchun ham yaxshi. Ko‘plab taniqli bloger va biznesmenlar keladi.
Pochcha
Aralık 2024 •
5
Lokatsiyasi juda zo‘r. Sharoitga nisbatan Toshkent shahridagi eng arzoni deb ayta olaman. O‘zingiz yoki do‘stlar, kursdosh, sinfdosh yoki hamkasblar bilan turgani zo‘r. Lekin oilaviy turishga bo‘lmaydi.
Super bistro
Aralık 2024 •
4
Ovqatlari har doim har xil. Lekin odatda yaxshi. Xodimlar muomalasi ham xuddi shunday, kayfiyatlariga qarab, lekin odatda yo neytral yoki nisbatan ozgina negativroq munosabatda bo‘lishadi.
Narxi oddiy ovqat olsangiz (masalan, bishteks), nisbatan arzon, lekin narx juda arzon emas, o‘rtacha 40-60 ming bo‘ladi.
24 soat ishlagani esa haqiqatda juda zo‘r
MFaktor
Şubat 2024 •
5
Oyiga $ 5000 ko‘proq topsangiz yoki shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, juda zo‘r joy.
Max Way
Şubat 2024 •
5
Ovqatning hidi kelishi yomon. Lekin xodimlari juda yaxshi insonlar. O‘tiradigan joylari unchalik qulay emas. Ammo taomlari juda mazali. Qulay joyda joylashgan. Biroq monitorlari yetarlicha emas. Qutilardagi, eshikdagi yozuv ajoyib. Biroq ba’zi bir yeydigan ovqatlarning idishi yeyishga noqulay.
Qolgan to‘liqroq ma’lumotni Jaydari kopirayter Telegram kanalida qoldirdim.
Abba
Ocak 2024 •
5
Birinchi marta borganimda, ofisning hashamatini ko‘rib kirishga ham qo‘rqqanman. Nima deyisharkan, qo‘pollik qilishmasmikan deb rosa xavotir bo‘lganman.
Ammo kirishim bilanoq fikrim 180 darajaga o‘zgargan. Dilorom degan ofis menejer qiz kutib olgan va meni mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonaga kuzatib qo‘ygan.
Shu vaqtda ABBA marketing agentligining rahbari — Muzaffar akaning o‘zlarini real hayotda 1-marta ko‘rgandim. Ming hijolat bilan rasmga tushishni so‘raganimda, juda katta samimiy bilan iltimosimga rozi bo‘lgandilar.
Ofis, atmosfera, xodimlar, jamoa va jamoa bilan hamkorlik qilinayotgan hamkorlarning barchasiga gap bo‘lishi mumkin emas. Hammasi juda yuqori darajada, haqiqiy premium segmentligi ko‘rinib turibdi.
SMM, branding, marketing va web ishlari bo‘yicha yordam kerak bo‘lsa, Sizga ABBA marketing agentligining xizmatlarini ishonch bilan tavsiya qilaman.
P. S. Ayni vaqtda o‘zim ham sinov muddatida shu jamoada faoliyat olib borish baxtiga erishdim.